Messi dam olish kuni bo'lganiga qaramay, Argentina qarorgohida qoldi va oilasi bilan shu yerda uchrashdi

Sherzod Nurmatov
15 dek 2022, 17:19
Ko'plab futbolchilar terma jamoadan tashqarida vaqt o'tkazdi.

Lionel Messi dam olish kuniga qaramay, Argentina terma jamoasi ixtiyorida qoldi.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni kecha futbolchilarga dam berdi, deb xabar berdi ESPN jurnalisti Gustavo Yarrosh.

Aksariyat futbolchilar terma jamoadan tashqarida oilalari va do'stlari bilan vaqt o'tkazishdi. Messi Argentina terma jamoasi qarorgohida qolishni maqul ko'rdi va u yerda oilasi bilan ko'rishdi.

18 dekabr kuni Argentina JCH-2022 finalida Fransiyaga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/GustavoYarroch