
“Messi va uning do'stlari” jamoasi Chikagoda bo'lib o'tkan ko'rgazmali o'yinda “Boshqa dunyo vakillari” jamoasi ustidan 9:6 hisobida zafar quchdi. 26-yoshli futbolchi 69-daqiqa maydonda harakatlandi, so'ngra boshqa bir jamoadoshiga almashtirildi. Mazkur o'yinga 25000 tomoshabin tashrif buyurdi.
Ushbu o'yin xayriya uchrashuvi doirasida tashkillashtirildi. Oldindan tuzilgan rejaga ko'ra, bunday o'yinlarni 4 marotaba o'tkazish rejalashtirilgan edi. Lekin Janubiy Amerikada bo'lib o'tkan ikkita uchrashuvdan so'ng, Messi promoutorlar bilan kelishmay qolgan va Los-Anjelesdagi o'yinda ishtirok etishdan bosh tortgan.