“Messi Bartomeuni deb “Barselona” bilan shartnomani uzaytirmaydi"

“Barselona” klubi prezidentligiga sobiq nomzodlardan biri Augusti Benedito ko'k-anorranglilarni prezidenti Jozep Bartomeuni tanqid qildi.

Beneditoning aytishicha, jamoa yetakchisi va sardori Lionel Messi hali klub bila shartnomasini uzaytirgani yo'q.

“Bartomeu Messi bila shartnoma tuzilganligini ma'lum qildi. Ammo amalda bunday emas. Messi imzo chekmagan hujjat rasmiy maqomga ega bo'lmaydi. O'ylaymanki, prezident hammasini ochiq oydin aytadi. Vaholangki, u bungacha ham bir necha bor yolg'on bayonotlar bilan muxlislarni tinchitgan”, deydi Benedito.



Manba: FourFourTwo