Messi 13 yil deganda bunday natijani ilk bor qayd etdi

2 mar 2020, 09:26
Leo ketma-ket safar o'yinida gol ura olmadi.

“Barselona” La Liga 26-turi doirasida safarda “Real”ga 0:2 hisobida yutqazdi. Shu tariqa Leo Messi 13 yil ichida ilk bor ketma-ket 7 ta safar o'yinida gol ura olmadi. Bunday natijani hujumchi 2006 yil sentyabridan 2007 yil martiga qadar ham qayd etgandi. O'shanda Messi ketma-ket 8 ta safar o'yinida gol ura olmagan.

Joriy mavsum so'nggi bor Messi safar o'yini doirasida 2019 yilning 1 dekabrida “Atletiko”ga (1:0) gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live