Mendeta: "Valensiya"ning omadsizliklarida faqat Nevill emas, futbolchilar ham aybdor"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2016, 13:45
"Valensiya" sobiq futbolchisi Gaiska Mendetaning fikricha, jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli Gari Nevillni haydash kerar emas.

"Nevill haydaladi deb o'ylamayman. Klub prezidenti Gariga ishonadi, u "Valensiya"da juda kam ishladi va o'z joyida qolishi kerak, ammo sport direktori va muxlislar boshqacha fikrda.

Gap natijada emas, jamoaning o'yinida. "Valensiya"ning omadsizliklarida faqat Nevill emas, futbolchilar ham aybdor. Ular qanday harakatlanayotganini kuzatsangiz, "ko'rshapalaklar" kerakli darajada o'ynashga tayyor emasligiga guvoh bo'lasiz. Aybdor faqatgina Gari emas, klubda e'tibor qaratish kerak bo'lgan ko'p narsalar bor" - deydi ispaniyalik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports