"Men o'zimni oqlamoqchi emasman." Kompani "Bavariya"ning "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatiga izoh berdi

Khoja
27 noya 2025, 09:40
“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani YCHL 5-turida “Arsenal”dan uchralgan mag'lubiyat (3:1) haqida fikr bildirdi.

Bu mag'lubiyat "Bavariya" uchun joriy mavsumdagi birinchisi bo'ldi.

Har bir jamoa mag'lub bo'lishi mumkin - bu futbol. Birinchi bo'limni yaxshi boshladik deb o'ylagandim, lekin keyin gol o'tkazib yubordik. Shunga qaramay, biz tashabbusni qaytarib oldik va hisobni tenglashtirdik. Tanaffusda, agar shunday davom etsak, uchrashuvda g'alaba qozonishimiz mumkin deb o'yladim. Biroq ikkinchi bo'limda biz o'z ritmimizni topa olmadik. Mezbonlar ikkinchi bo'limda mukammal harakat qilishdi va kichik imkoniyat ham qoldirishmadi. Men o'zimni oqlamoqchi emasman. Bugungi uchrashuvda "Arsenal" bizdan yaxshiroq edi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com