Melo: "Yuragimni yarmi "Yuventus" rangida, ammo bugun "Galatasaroy"ga yordam beraman"

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 18:14
"Yuventus" klubining sobiq futbolchisi, ayni paytda "Galatasaroy"da o'ynayotgan Felipe Melo bu jamoalar o'rtasidagi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Sobiq klubdoshlarim ikki karra Italiya chempioni bo'lishganidan xursandman, ammo o'zim ham ikki marta Turkiya chempioniga aylandim. Bu yerda ekanimdan faxrlanaman. Hech nimadan afsusda emasman. Afsuski, Turindagi ikki yil klub uchun u qadar yaxshi kelmagandi. Yuragimni yarmi albatta qora-oq rangda. Ammo ayni paytda "Galatasaroy" o'yinchisiman va shu klubga yordam berishga intilaman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru