

"Og'ir holat bo'lgandi. Qatardagi xonamda bir o'zim o'tirar ekanman, o'ylardim: "Nega? Nega aynan hozir? Jahon chempionatida o'ynash uchun kichik jarohat bilan ham katta mehnat qilgandim va hamma mening asosiy tarkibda bo'lishimni kutyaptimi?"
O'zim bilan jang qildim: "Buni jiddiy qabul qilma. Balki tezda jarohatdan qutulib olarman va Garetga, odamlarga, menga shubxa qilayotganlarga nimalarga qodirligimni ko'rsataman". Jamoadoshlarim, xodimlar bilan yaxshi muloqotda bo'ldim va oxirigacha umid bilan o'z vaqtimni kutdim", - dedi Meddison.
"Lester" xavbeki turnirga bir hafta qolganida "Vest Xem"ga qarshi o'yinda jarohat olgan bo'lsa-da, qaydnomadan o'rin oldi, biroq birorta o'yinda maydonga tushgani yo'q.



