Meddison jarohati sabab uzoq muddat maydonga tusha olmaydi

Administrator
7 may 2025, 23:23
"Tottenxem" yarim himoyachisi tizzasidan jarohat oldi.

Jeyms Meddison kelasi mavsumga tayyorgarlikni o'tkazib yuborishi ham mumkin. "Tottenxem" yarim himoyachisi o'tgan hafta Yevropa ligasining "Bude-Glimt"ga qarshi o'yinida tizzasidan jarohat oldi.

BBC ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisi uch oy davomida maydondan chetda qolishi kutilmoqda. Biroq, unga jarrohlik amaliyoti kerak bo'lmasligi takidlangan.

Meddison bu mavsumda Angliya Premer ligasida 31 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 7 ta gol uzatmasini berdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BBC