Mbappening vakillari “Al Hilol” bilan muzokarani boshlab yubordi

Alisher
26 iyul 2023, 07:50
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin.

Uning vakillari “Al Hilol” rahbariyati bilan muzokaralarga kirishgan. Tomonlar futbolchining shartnoma muddatini kelishib olishlari lozim. “Al Hilol” futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolamoqchi. Mbappening vakillari esa klub bilan bir yillik kelishuvga erishmoqchi. 

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" hujumchining transferi bo'yicha 300 mln evrolik rasmiy taklif bilan chiqqandi va futbolchining o'ziga yiliga 700 million berishga tayyorligini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com