Mbappening Real Madriddagi maoshi ma'lum

Khoja
27 apr 2024, 09:31
Bu haqida AS xabar berdi.

Xabarda ma'lum qilinishicha, Mbappe Madridda o'ynash uchun oyligi ancha kamayishiga rozilik bergan. U bir yil uchun 15 million evro ishlab oladi. Shuningdek Mbappe imij huquqining 80 foiziga ega bo'ladi, shu tufayli uning daromadi deyarli ikki baravar oshishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Mbappe yozda PSJni tark etib, Real Madrid bilan shartnoma tuzishi haqida xabarlar tarqalgandi. Francuz Madrid jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: AS