Mbappe va Ronaldu bir jamoada o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
3 yanv 2019, 23:28
"Yuventus" PSJ forvardi Kilian Mbappening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Parijliklar moliyaviy feyr-pley jarimalaridan qochish uchun yetakchi futbolchilaridan birini sotishga to'g'ri keladi.

Aytilishicha, Fransiya jamoasi Kilian Mbappening transferidan 200 million evro ishlab olmoqchi. "Yuventus" esa PSJga bunchalik mablag' to'lay olmaydi. Shu boisdan ular PSJga Paulo Dibalani berib yuborishga tayyor turibdi.

Mbappe bu mavsumda PSJ tarkibida barcha turnirlarda 19 o'yinda qatnashib, 16 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia