Mbappe va Al Helayfi o'rtasida janjal sodir bo'lgan ekan

Aslanov Jasurbek
13 may 2024, 22:53
Kilian Mbappe PSJni tark etishi haqida e'lon qiganidan so'ng klub prezidenti bilan janjallashib qolibdi.

Juma kuni Fransiya terma jamoasining 25 yoshli forvardi mavsum oxirida PSJni tark etishi haqida e'lon qildi.

O'zining xayrlashuv videosida Mbappe murabbiy, direktor, styuard va muxlislarga minnatdorchilik bildirdi, ammo klub prezidenti Nosir Al Helayfi borasida hech narsa demadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yilning yozida Kilian bilan futbol tarixidagi eng yirik bitimni tuzgan Al Helayfi buni haqoratdek qabul qilgan.

Nosir Mbappedan tushuntirish talab qiladi. Ularning uchrashuvi "Tuluza"ga qarshi bahsdan bir soat oldin sodir bo'ladi. Al Helayfi va futbolchi begonalardan holi xonada yuzma-yuz suhbat qurishdi.

Ma'lum bo'lishicha, suhbat tezda boshi berk ko'chaga kirib qolgan va tomonlar o'zini tutib tura olishmagan. "Ular bir-biriga juda yaqin kelib, bosh urishtirishdi" - dedi voqeani ko'rgan guvoh.

Mbappe va Al Helayfi o'rtasidagi janjal tufayli PSJ futbolchilari mashg'ulotga belgilangan vaqtdan 4 daqiqa kechroq chiqishdi.

Mbappe va Nosir Al Helayf o'rtasidagi munosabatlar 9 fevral kuni, Kilian prezidentga PSJdan ketmoqchi ekanligini aytganida yomonlashgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien