

"Biz evrokuboklar uchun kurashayotgan kuchli jamoaga yutqazdik. Bugun ular g'alaba qozonishga haqli edilar. Umid qilamanki, "Monako" evrokuboklarga qaytadi", - deydi Mbappe.
"Monako" Fransiya chempionatining 29-turidan o'rin olgan bahsda PSJni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Vissam Ben-Yedder dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Kevin Folland mualliflik qildi.
Shu tariqa, monegasklar turnir jadvalida ettinchi o'ringa ko'tarilib oldi. PSJ esa 65 ochko bilan birinchi o'rinda qoldi.



