Mbappe PSJning umumiy mashg'ulotlarida hech qanday cheklovlarsiz mashq qildi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2022, 00:20
Futbolchining jarohati haqidagi gaplar o'z tasdig'ini topmadi.

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga qarshi o'yindan oldin hech qanday muammo sezmayapti. Futbolchi YCHL 1/8 finalining javob uchrashuviga bir necha kun qolganida jarohat olgani haqida xabar qilingandi. Ma'lum bo'lishicha, Mbappening jarohati jiddiy bo'lmagan. U bugun PSJning umumiy mashg'ulotlarida hech qanday cheklovlarsiz mashq qildi. 

Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va PSJ o'rtasidagi o'yin 9 mart kuni o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: RMC Sport