Mbappe: "PSJ yangi erani boshlamoqda"

Mirjalol Normatov
29 may 2022, 16:54
Kilian Mbappe nima sababdan PSJda qolganini aytdi.

"Klub yangi erani boshlamoqda. Shu sababli bu yerdagi erani tugatish niyatim yo'q. Hali PSJda qiladigan ishlarim bor: sovrinlar yutish, tarixiy rekordlarni yangilash. Bungacha erishilganlari esa hech nima emas.

Ushbu qarorga kelishimga bir qancha asoslar bo'ldi. Doimo dunyoning eng yaxshisi bo'lishim kerakligini aytardim. Shu sababli ketmasligim kerak. PSJdagi tariximni yozib bo'lganim yo'q. Hali uni boyitishim kerak", - dedi Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal