Mbappe Olimpiada o'yinlarida qatnashishdan bosh tortdi

Mirjalol Normatov
29 mar 2021
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Olimpiada o'yinlarida qatnashmaslikka qaror qildi, deb yozadi "Le Parisien".

Manbaning yozishicha, futbolchi tig'iz taqvim sababli Olimpiada o'yinlaridan voz kechgan. Shuningdek, u Yevropa chempionatida Fransiya termasi tarkibida ham o'ynashni rejalashtirmoqda.

Evro-2020 turniri 11 iyundan 11 iyulga qadar davom etadi. Olimpiada o'yinlari esa 21 iyuldan 7 avgustga qadar davom etadi.

Ushbu mavsumda 22 yoshli Mbappe PSJ tarkibida 36 o'yinda 30 gol va 9 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien