Mbappe JCH finalida o'ynagan 21 yoshga to'lmagan uchinchi futbolchi bo'ladi

Mirjalol Normatov
15 iyul 2018, 17:41
Fransiya termasi futbolchisi Kilian Mbappe JCH finalida o'ynagan uchinchi 21 yoshga to'lmagan futbolchi bo'ladi.

Bu haqda "Squawka" xabar bermoqda. Qizig'i, bundan oldingi ikki 21 yoshga to'lmagan futbolchilar jahon chempionlariga aylanishgan. Gap afsonaviy Pele va italiyalik Juzeppe Bergomi haqida ketmoqda.

Dide Desham shogirdlari bugun JCH sovrini uchun Xorvatiya termasiga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka