Mbappe jarohat oldi

Оқил Абдубарноев
6 noya 2022, 22:33
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe mushaklaridagi noqulaylik tufayli "Loryan"ga qarshi uchrashuvni yakunlay olmadi.

Mbappe Liga 1 doirasida "Loryan"ga (2:1) qarshi o'yinning 85-daqiqasida mushaklaridagi og'riqdan shikoyat qilib, maydonni tark etdi.

Keyinroq Kristof Galte Mbappening holati tashvishlanarli emasligini aytdi.

“Biz Karim Benzema haqidagi xabarni ko'rdik, ammo Kilianning hech qanday jiddiy jarohati yo'q.

U muntazam ravishda o'ynaydi, shu bois tavakkal qilmaslik uchun uni almashtirishni maqul ko'rdik", - dedi PSJ bosh murabbiyi.

Avvalroq Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema hamon umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, yarim himoyachilar Ngolo Kante va Pol Pogba mundialni o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Prime Video