Mbappe bugun jamoasiga yordam bera olmaydi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022, 13:33
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe diskvalifikaciya bois Superkubokda "Nant"ga qarshi o'yinda qatnasha olmaydi.

Futbolchi o'tgan mavsumning so'nggi o'yinida sariq kartochka olgan va ogohlantirishlari soni 5taga etgan.

PSJda, shuningdek, Rafinya, Leven Kurzava, Yulian Draksler, Ander Errera, Tilo Kerer va Jorjino Veynaldum kabi futbolchilar ham qaydnomadan o'rin olmagan.

PSJ va "Nant" o'rtasidagi bahs bugun Isroildagi "Blumfild" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal