

Fransiya grand klubi bosh murabbiyi Kristof Galte Mbappe seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmasligini aytdi. Biroq ommaviy axborot vositalaridan olingan ma'lumotlar parijlik muxlislarga umid bag'ishlaydi.
L’Equipe xabariga ko'ra, Mbappeda 14 fevral kuni "Bavariya" bilan bo'ladigan to'qnashuvda ishtirok etish imkoniyati mavjud. Manbaning xabariga ko'ra, Kilian allaqachon maydonda yugurish mashg'ulotlarini qayta boshlagan va yakshanba kuni u umumiy guruhda mashg'ulotlarning bir qismida ishtirok etgan.
Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan PSJ - "Bavariya" uchrashuvi 15 fevralga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.



