Maykl Essen Ozarbayjon klubiga o'tdi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2019, 22:26
Ganalik 36 yoshli futbolchi Maykl Essen faoliyatini Ozarbayjonda davom ettiradi.

Yarimhimoyachi “Sabail” jamoasi bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Essen Indoneziyaning “Persib Bandung” klubidan Boku shahri jamoasiga kelib qo'shilgan.

Eslatib o'tamiz, Maykl Essen Fransiyaning “Bastiya” va “Lion”, Angliyaning “Chelsi”, Ispaniyaning “Real Madrid”, Italiyaning “Milan” va Gretsiyaning “Panatinaikos” jamoalarida o'ynagan.

“Subail” Ozarpayjon Premer-ligasining 21 turidan so'ng, 31 ochko bilan uchinchi pog'onada turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/SabailFC