Maydonda mutasaddi rahbarlar

Narzulla Saydullayev
21 may 2018, 14:40
Ommaviy futbolni yanada ommalashtirish maqsadida Toshkent viloyati futbol federatsiyasi viloyat hokimiyati tizimida faoliyat ko'rsatuvchi tashkilot xodimlari o'rtasida mini-futbol bo'yicha “Hokim Kubogi”ni o'tkazdi.

Chirchiq shahrida tashkil qilingan turnirda 6ta tashkilot jamoasi g'oliblik uchun kurash olib bordi. Bular – Qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi, Markaziy bank.

Uchrashuvlar olimpiya tizimi asosida o'tdi. Dastavval olti jamoa bir-biri bilan o'ynadi. G'olib uch ishtirokchining biri – Markaziy bank qur'a asosida to'g'ridan-to'g'ri finalga yo'l olgan bo'lsa, qolgan ikki jamoa yarim finalda kuch sinashdi.

“HOKIM KUBOGI”
Dastlabki uchrashuvlar

Qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi – 8:1
Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi – Madaniyat boshqarmasi – 5:0
Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi – Markaziy bank – 3:7

Yarim final
Qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi – Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi – 3:10

FINAL
Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi – Markaziy bank – 3:1


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia