Mauro Kamoranezi Mario Balotellini tanqid qildi

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2014
Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Mauro Kamoranezi hujumchi Mario Balotellini tanqid qildi.
"O'ylashimcha, Balotelliga juda ham yuqori baho berib yuborilgan. Maydonda bor kuchi bilan o'ynamaydigan futbolchilar menga yoqmaydi. Bu futbolchining muammosi nimada? O'zim ham Luish Figudan yaxshiroq o'ynashni istaganman, ammo kuchim qanchaligini doim bilib kelganman. O'z xatolar ustida ishlash kerak", - deydi Kamoranezi.
 
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Milan" vice-preidenti Adriano Galliani Balotellini yonini olgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru