Maurisio Pochettino: "Mudrikka ishonaman"

Mirjalol Normatov
24 dek 2023, 16:51
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning fikriga ko'ra, Mixail Mudrik jamoaning yetakchisi bo'la oladi.

"U fantastik yigit va yoqimli inson. Mudrik juda kamtarin yigit. Unga inson sifatida qattiq ishonaman.

Futbolchi sifatida esa hali o'sishi kerak. Mudrik hali yosh va rivojlana oladi, bunga unda mahorat ham etarlicha. Rivojlanish yo'lidayoq u juda yaxshi natijalar qayd etmoqda, bundan xursandman.

Ishonaman, vaqti kelib, Mudrik "Chelsi"ning yetakchisiga aylanadi. U hozirdanoq muhim futbolchiga aylanib bo'ldi, chunki uning potenaciali yuqori", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: chelseafc.com