Mauricio Sarri: “Azar va Kurtuani saqlab qolmoqchiman, ammo...”

19 iyul 2018, 07:19
“Chelsi” bosh murabbiyi Mauricio Sarri Tibo Kurtua va Eden Azarning kelajagi haqida gapirib o'tdi.

Ma'lum bo'lishicha bu ikki belgiyalik futbolchi London klubini tark etishi mumkin.

“Ushbu ikki futbolchi yuqori saviyadagi futbolchilardan hisoblanishadi. Men ularni o'z jamoamda saqlab qolishni istardim. Ammo yuzma-yuz emas, balki telefon orqali qilingan qo'ng'iroq vaziyaga oydinlik kirita olmaydi.

Men ular bilan shaxsan uchrashib, barchamiz uchun maqul bo'ladigan qarorga kelmoqchiman. Bundan tashqari futbolchi to'rt-besh kun mening qo'l ostimda mashg'ulotlarda qatnashib, mening rejalarim haqida tushunchaga ega bo'lishini istardim”, deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Guardian