Maunt 7-raqam haqida: "Buning bosim berishi menga yoqadi"

Mirjalol Normatov
20 okt 2023
"Manchester Yunayted" futbolchisi Meyson Maunt 7-raqamda o'ynayotgani haqida gapirdi.

"Albatta, bu raqam menga bosim beradi. Yoshligimda Bekxemga muxlislik qilganman, shu sababli uning klubga nimalar qilganini bilaman. Albatta, bosim bor, biroq bu menga yoqadi.

Ushbu raqam ostida yaxshi o'yin ko'rsatishni istayman. Bu juda katta klub, e'tiborli raqam. Bu menga juda ko'p narsalarni anglatadi", - dedi Maunt.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal