Matyuidi “Yuventus”dan ketadi

10 avg 2020, 09:09
Fransiyalik futbolchi Turinda qolmaydi.

Blez Matyuidi “Yuventus”ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirloning rejalaridan o'rin olmagan. 33 yoshli futbolchi klubni tark etadi. Uning agenti allaqachon mijozining xizmatlarini Liga 1 hamda MLS klublariga taklif qilib ulgurgan.

Matyuidi 2017 yildan beri “Yuventus” sharafini himoya qilib keladi. U 2019/20 yilgi mavsum turinliklar safida 45 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@NicolaSchira