Matteus: “Riberi “Oltin to'p”ga loyiq futbolchi”

31 okt 2013, 12:37
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus, myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberiga yuqori baho berib o'tdi, deb xabar beradi nemis OAV.

Matteusning fikricha Fransiya terma jamoasi futbolchisi 2012/13 yillar yakuni bo'yicha, eng yaxshi futbolchi bo'lishga haqli ekan.

“Riberi “Oltin to'p”ga loyiq futbolchi. Uning o'yini ko'pchilikka yoqadi. U nafaqat o'z driblinglari bilan balki, jamoaviy o'yin ko'rsata olishi bilan ham boshqalardan ajralib turadi”, - deydi Matteus.


Manba: championat.com