Matteus O'zilning o'yinlariga tarif berdi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2018, 19:55
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus yarim himoyachi Mesut O'zilning o'yinlariga fikr bildirdi.

"Futbol - bu futbol, siyosat - bu siyosat. O'tgan yillar davomida Mesut Germaniya termasida ajoyib o'yinlarni namoyish qildi. Biroq so'nggi bir yarim yilda u to'rt yil oldingi saviyasini ko'rsata olmadi.

Uning termadagi davri yakuniga etgandi deb o'ylayman. Bu siyosatchilarning qarori tufayli emas. Uning o'yinlari meni to'lqinlantirmayapti. Oldingi O'zilni ko'rmayapman. Germaniyada top-futbolchi o'z saviyasidan biroz tushsa, o'sha avlodning boshqa futbolchisiga imkoniyat berilaveriladi. Bu mamlakat futbolidagi odatiy hol", - dedi u.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild