Matichning "Manchester Yunayted"dan qachon kyetishi ma'lum bo'ldi

Alisher
15 apr 2022
Yarim himoyachi Nemanya Matich yozda katta ehtimol bilan "Manchester Yunayted"dan ketadi.

33 yoshli serbiyalik futbolchining "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan, ammo klub kelishuv muddati yakunlanishini kutishni rejalashtirmayapti. Matich yangi bosh murabbiy kelganda transferga qo'yiladigan futbolchilardan biri.

Tayanch xavbeki joriy mavsum MYU tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 6 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening News