Matich: "Chelsi" Chempionlar ligasida kim bilan o'ynaydi?"

Tolibjon Qosimov
1 sen 2018, 20:19
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich "Chelsi" muxlisi bilan tortishib qoldi.

Serbiyalikning sobiq jamoa hisoblangan London klubi muxlislaridan biri "instagram"da futbolchiga endi hech qachon Angliya chempionatini yuta olmasligini yozgan.

- "Chelsi" Chempionlar ligasida kim bilan o'ynaydi? - deb unga javob yozdi Matich.

Eslatib o'tamiz, MYU joriy mavsum YCHLda, "Chelsi" esa Yevropa ligasida to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/nemanjamatic