Mata "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
8 sen 2022
"Manchester Yunayted" va Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Xuan Mata "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabricio Romano.

Manbaga ko'ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi Turkiya klubi bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Yaqin kunlarda futbolchi Istanbulga yetib boradi.

Mata 2014 yildan buyon “Manchester Yunayted”da to'p tepib keldi, 2021/22 yilgi mavsum yakunida uning shartnoma muddati tugagach, klubni tark etgandi.

Mata o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" safida 12 ta o'yinda maydonga tushgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano