Massimiliano Allegri: Jismoniy holatimizni yaxshilashimiz zarur

Narzulla Saydullayev
24 avg 2014, 09:18
Yuventus ustozi Massimiliano Allegri Milanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashimiz kerak, Osiyodan qaytib kelgach buning ustidan ko'p ishladik.

Milanga qarshi o'yinda bir qator vaziyatlar yaratdik, ammo zarur bo'lmagan golni o'tkazib yubordik. Jamoam bundan kuchliroq o'ynay oladi.

Asosiysi Vidal to'la sog'aydi va o'yinda ishtirok etdi, – deydi Allegri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru