Massimiliano Allegri: “Kaka “Torino”ga qarshi dastlabki daqiqalardan maydonga tushadi”

Narzulla Saydullayev
13 sen 2013, 17:34
“Milan” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri, Italiya chempionati doirasida “Torina”ga qarshi o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rayotganligini aytib o'tdi.

- Mashg'ulotlarni qanday yaxshi olib borgan bo'lsa, o'yinda ham o'zining yaxshi tomondan ko'rsata bildi. U har uch kunda o'ynash va o'yinning dastlabki daqiqalaridan maydonga tushish kuchiga ega.

- Balotelli bilan hujumda qanday o'ynaydi?

- Bu Matri bo'lishi ham mumkin. Biroq Robino yoki El-Shaaravi bilan maydonga tushish variantlari ham bor.

- El-Shaaravi bilan biror bir muammo bormi?

- Hech qanday muammo yo'q. Har bir o'yinchining yuqori cho'qqiga chiqish yoki pastga shung'ish davri bo'ladi. U mavsum boshidan beri yaxshi ishlab kelayapti va jamoaga foydasi tegayapti. U hali endi 20 yoshga to'ldi, shuning uchun barchasi hali oldinda, - deydi Allegri.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru