Maskerano "Yuventus"ga qarshi o'ynay olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 apr 2017, 19:08
Himoyachi Xaver Maskerano jarohatidan qutildi va "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida "Barselona"ga yordam berishga tayyor.

Bu haqda Kataloniya klubi bosh murabbiyi Luis Enrike e'lon qildi.

"Maskerano so'nggi mashg'ulotda ishtirok etdi va "Yuventus"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Bu yaxshi yangilik" - deydi Enrike.

Argentinalik jarohat tufayli "Real Sosedad"ga qarshi LaLiganing 32-tur uchrashuvida o'ynamagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com