Maskerano: “JCH-2018 Messi va biz uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin”

7 noya 2017, 23:33
“Barselona” va Argentina terma jamoasi himoyachisi Xaver Maskerano Rossiya terma jamoasiga qarshi (11 noyabr) kechadigan uchrashuv oldidan bergan intervyusida bu galgi JCH terma jamoaning hozirgi avlodi, Messi va uning jamoadoshlari uchun xalqaro darajadagi sovrin yutish uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin.

“O'ylaymanki, biz JCH-2018 saralash kampaniyasi doirasida biz o'zimiz uchun etarli saboq chiqardik. Endi biz  kelgusi yili Rossiya maydonlarida o'tadigan JCH bellashuvlariga qadar ideal ishtirok etishimiz lozim. Tarixdani ma'lumki, “Oltin to'p”ni yutib, JCHni yutolmagan ko'plab buyuk va afsonaviy futbolchilar bisyor. Ammo ayrim hollarda  futbolda xizmatingga yarasha taqdirlanmaysan.

Keyingi yili yozda Messi va boshqa futbolchilar uchun JCHni yutishga yana bir imkoniyat bo'ladi. Barchasi jamoaning turnirga tayyorgarligiga bog'liq. Bu Argentina termasining hozirgi avlodi uchun JCHni yutish yo'lidagi so'nggi imkoniyati bo'ladi. Agar biz saralash bosqichidan o'ta olmaganimizda,  keyingi mundialda qatnashishimiz so'roq ostida edi” deya Maskeranoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Diario Jornada nashri.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com