Maskerano: "Barselona" men bilan xayrlashmoqchi emas"
Aslanov Jasurbek
6 iyun 2016, 17:49
"Barselona" himoyachisi Xaver Maskeranoning so'zlariga ko'ra, klubini o'zgartirmoqchi emas.
"Barselona" men bilan xayrlashishni istamayotganini bildirdi. Klubdagilar mendan mamnun. Shunday klub iltimos qilsa, ketish qiyin. Jamoani tark etish imkoniyati doimo bo'lgan, ammo qolish ham mumkin" - deydi Maskerano.