Mashhurlikda o'g'lidan qolishmayotgan ayol

Joriy mavsumda Italiya futboli kelajagi deya etirof etilayotgan Nikolo Dzanolo yorqin futbol o'ynamoqda. "Inter"dan "Roma"ga ko'chib o'tgan vunderkind chiroyli gollar urmoqda, rekordlar muallifiga aylanmoqda.

Dzanolo hisobida A Seriyada 14 o'yin, 3 gol va 2 assist mavjud. Yaqinda esa u "Portu"ga qarshi YCHL nimchorak final uchrashuvida dubl qayd etib butun Yevropa og'ziga tushdi. YCHLda dubl qayd etgan italiyalik eng yosh futbolchiga  Nikolo Dzanolo bir zumda taniqli insonga aylandi.

Nafaqat Nikolo Dzanolo o'z o'yinlari bilan mashhurlikka erishmoqda, balki uning onasi Francheske Koste ham instagramdagi postlari orqali barchani lol qoldirmoqda. Mashhurlik bobida Nikoloning onasi Francheska o'g'lidan qolishayotgani yo'q. Aslida uning tashqi ko'rinishi, odatiy selfilarida g'ayri-tabiiylik yo'q.


Biroq "Corriere della Sera" xabariga ko'ra, instagramga rasm joylashga ko'nikib va o'rganib qolgan onasining bu ishlari o'g'liga ko'p ham xush kelmayapti. Dzanolo onasiga instagramda kamroq vaqt o'tkazishni so'ragan.

"Oyi, bo'ldi, to'xtang! Rasmlar jonga tegdi. Sizning yoshingiz 40da! Nimalar bilan bandsiz", - deydi Nikolo o'zining oyisiga yo'llagan murojaatida.


Aytgancha, Nikolo Dzanolo Italiya quyi liga jamoalarida to'p tepgan sobiq futbolchi Igor Dzanoloning o'g'li. Nikoloning onasi esa o'g'lining futbolchilik faoliyati tufayli Rimga qo'chib keldi. Futbolchining otasi bilan opasi esa Speciyada istiqomat qiladi. U erda Nikoloning otasi o'zining xususiy bari xo'jayinchilik qiladi.

Francheska o'g'li Rimda maishiy muammolarga duch kelmasligi uchun birga turadi. Ammo shunga qaramay Francheskada bo'sh vaqt etarlicha topiladi. Aynan o'sha bo'sh vaqtlarida Nikoloning oyisi instagramda o'z faolligi bilan ajralib turadi.


Italiya futbolida porlayotgan bo'lajak jahon yulduzi - Nikolo Dzanolo haqida alohida maqola chop etilgandi.


Manba: sports.ru