“Mashal”ning nigeriyalik futbolchisi jahonga mashhur ESPN saytiga bergan intervyusida nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
26 apr 2020, 10:00
Joriy yildan boshlab Muborakning “Mashal” jamoasida o'ynab kelayotgan nigeriyalik futbolchi Ifeani Ifeani millionlab obunachilarga ega Amerikaning ESPN saytiga intervyu berdi.

Unda yarim himoyachi Nigeriya va O'zbekiston futbolini solishtirdi va fikrlarini bildirdi.

“O'zbekistonda har kuni murabbiylarning dasturi asosida shug'ullanmoqdaman. Nigeriya chempionatida futbolchilarning sport zaliga borishini deyarli uchratmaysiz. Bu yerda esa ko'p bor guvoh bo'lishingiz mumkin.

Har bir poziciyadagi futbolchi uchun alohida dastur berilgan. Taktik tayyorgarlik, tezkorlik va to'p bilan ishlashda ham NPFLdan (Nigeriya professional futbol ligasi) farq qiladi. Mashqlarni bajarish u yerda hech qanday jihozlar yo'q. O'zbekiston Superligasida futbolchilar barcha sport anjomlari bilan taminlangan.

Klubning maydoni tabiiy chim bilan qoplangan. Ha, Nigeriyada iqtidorli va tehnik jihatdan kuchli o'yinchilar etarlicha. Ularga e'tibor va imkoniyat berilsa bazi chet ellik futbolchilardan ham yaxshiroq ishlashlari mumkin bo'ladi”,- deydi Ifeani ESPN nashriga.


Abdulziz Iskandarov tarjimasi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia