

Jamoani tark etayotganlar ham bor. Oldinroq G'ulom Haydar G'ulomov va Dilyaver Abibullaevlar bungacha rasman klubdan ketishgan edi.
Ayni paytga kelib esa, G'iyosjon Komilov, Mirzohid G'ofurov va Jamshid Hasanovlar rasman "gazchilar" safini tark etib bo'lishdi. Komilov va G'ofurov keyingi mavsumni "Navbahor" safida boshlashadi. Hasanov esa "Qo'qon-1912" jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Biz ushbu futbolchilarimizning keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilagan holda "Mashal" jamoasi uchun qilgan xizmatlari uchun o'z minnatdorchilgimizni bildirib qolamiz.
Jamoa tarkibi va bo'layotgan o'zgarishlar haqida imkon qadar muxlislarimizga ma'lumotlarni taqdim etib boramiz.
"Mashal" matbuot xizmati



