Mashal – So'g'diyona uchrashuvining boshlanish vaqtlari ma'lum

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2014, 09:02
Yana uch kundan so'ng O'zbekiston Oliy ligasining ikkinchi davra o'yinlariga start beriladi.
Muborakda "Mashal" Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini qabul qiladi. 14-tur doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuvga "Mashal" qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa a'zolari 28 iyuldan boshlab kuniga ikki mahaldan Muborakda mashg'ulotlar olib bormoqda. Tarkibdani esa aynan bo'lajak raqibimiz safiga o'tgan Salamat Qutiboevdan boshqa hech kim tark etmagan. Ushbu bahsni Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishi haqida xabar bergan edik.

Uchrashuv avvalida har ikki jamoa a'zolarining yoshlari 2 avgust kuni B.Vafoev nomli stadionning ikkinchi maydonida bahs olib boradi. Boshlanish  vaqti esa 18:00 etib belgilandi.

Asosiy tarkib jamoalari esa katta maydonda  3 avgust kuni uchrashadi. Boshlanish vaqti esa 18:30 etib belgilandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz