"Mashal" safida qozog'istonlik futbolchi paydo bo'ldi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2017, 12:08
Muborakning "Mashal" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi jamoaga qozog'istonlik Kiril Pasechnik qo'shildi. Himoyachi hozircha jamoada ko'rikdan o'tmoqda.

Klub bugunga qadar etti nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi: Sardor Rahmonov, Abdulloh Olimov, Bobur Qosimov, Asil Begimqulov, Abbos Omonov, Shahzod Abdurahimov va tojikistonlik Umed Sharipov.

23 fevral kuni jamoa Qozog'istonning "Maxtaorol" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu haqda "Futbol Ekspress" nashri xabar berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia