

Avvalroq "Sho'rtan" klubining mana shunday muammoga uchragani haqida klub bosh menejeri Shamil Yarulin saytimizga bergan intervyusida aytib o'tgandi.
Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra Muborakning "Mashal" jamoasi O'zbekneftegaz AJ bosh homiyligidan chiqarilib hokimiyat balansiga o'tkazilgan. Biz bu borada aniq ma'lumot olish maqsadida "Mashal" bosh direktori Ilhom Qurbonov bilan bog'landik.
"Sizga bu borada hech qanday ma'lumot bera olmayman. Bizga ushbu masalada ma'lumot kelmadi",- deydi Ilhom Qurbonov.



