"Mashal": O'zbekiston kubogi 1/8 final javob bahsiga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
28 may 2017, 23:05
Oliy liganing 12 turida Obodni yirik 3:0 hisobida mag'lub etgan "Mashal" bugundan boshlab, O'zbekiston kubogining 1/8 finali javob bahsiga tayyorgarlikni boshladi.

Xabaringiz bor Mashal jamoamiz aynan 1/8 finalning dastlabki bahsida safarda Yozyovon-Lochinlari jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushib yirik 4:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Hozirda tarkibda barcha futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda, Kubok bahslarida oyog'idan jiddiy jarohat olgan Jamoliddin Ubaydulaev ham bugundan engil mashg'ulotlarga kirishdi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogi 1/8 final javob uchrashuvi 31 may chorshanba kuni soat 18:30da Muborakda boshlanadi.




Bilasizmi? "Mashal" ketma-ket ikki o'yindan beri to'p kirita olmayapti. Va albatta gol urmagan o'yinlarda g'alaba qozona olmadi.

Fakt:
"Nasaf" shu paytgacha uydagi to'rtta uchrashuvni ham g'alaba bilan yakunladi. To'plar nisbati 9-1. Uydagi hamma o'yinlarda g'alaba qozongan yana bir jamoa bu - "Lokomotiv".

Bilasizmi? "Nasaf" uydagi bellashuvlarda "Buxoro", "So'g'diyona", "Obod" va "Neftchi" klublaridan ustun kelgan. Qizig'i, bu jamoa mana shu to'rtta o'yindan uchtasida gol o'tkazmasdan g'alaba qozongan.

Bilasizmi? "Nasaf" ketma-ket to'rt turdan beri mag'lub bo'lmayapti. Qarshiliklar oxirgi marta 6-turda "Loko"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia