"Mashal" Jerkovich bilan shartnoma tuzilganini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2015, 11:47
Muborakning "Mashal" klubi fransiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzilganini rasman tasdiqladi.

"Fransiyalik futbolchi Goran Jerkovich jamoamiz bilan shartnoma imzolaganini inkor etmaymiz va bu amalga oshirilgan. Biroq futbolchi tibbiy ko'rikdan so'ng jamoamizning rasmiy a'zosiga aylanadi", - deyiladi "Mashal" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasida.

Eslatib o'tamiz, biroz oldin saytimizda Goran Jerkovichning "Mashal"ga o'tgani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia