"Mashal": Ikkinchi liga. Qoldirilgan uchrashuvlar davom etadi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2015, 12:43
"Mashal"ning Qashqadaryo ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi jamoalari qoldirilgan bahslarni davom ettiradi.

Kecha 1-turdan o'rin olgan "Mashal-3" - "Nasaf-99" bahsi ham bo'lib o'tdi. Unda vakillarimiz yirik 1:4 hisobida "Nasaf" tarbiyalanuvchilariga imkoniyatni boy berdi. Yagona golimizga Alvesh Murodullaev mualliflik qildi. Ikkinchi bahs esa Mikola Lapa boshqaruvidagi "Mashal-A" va "Nasaf-FM" o'rtasida kechib unda 2:0 hisobida o'smirlarimiz g'alaba qozondi. Gollarga Allayor Raupov va Doniyor Umarov mualliflik qildi.

Yana bir qoldirilgan "Sho'rtan-99" - "Mashal-A" uchrashuvi ham bo'lib o'tdi. G'uzorda bo'lib o'tgan o'yinda Lapa jamoasi yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Qoldirilgan uchrashuv
1-tur
"Mashal-3" - "Nasaf-99" 1:4
Gol
: Alvesh Murodullaev.

"Mashal-A" - "Nasaf-FM" 2:0
Gollar:
Allayor Raupov, Doniyor Umarov.

16-tur
"Sho'rtan-99" - "Mashal-A" 0:5
Gollar:
Allayor Raupov, Shahboz Botirov, Doniyor Umarov, Muhriddin Shamsiddinov, Doston Haydaraliev.

Ikkinchi liga doirasida qoldirilgan uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Oldinda jamoamizning qoldirilgan bahslari quyidagilar:

10-tur
"Nasaf-FM" - "Mashal-A"
"Nasaf-99" - "Mashal-3"

11-tur
"Mashal-A" - "Mashal-3"

12-tur
"Olimpiya" - "Mashal-3"
"Nasaf-99" - "Mashal-A"

Qoldirilgan uchrashuvlar tez kunda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz