“Mashal” futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2017, 10:52
Oliy Liga musobaqalari ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan “Mashal” jamoamiz futbolchilari kecha poytaxtimizda joylashgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.

Kunning birinchi yarmida o'tkazilgan barcha tekshiruvlar chuqurlashtirilgan tartibda o'tkazildi. Tibbiy  ko'rikdan o'tilganidan so'ng “Gazchilar” Muborakga yo'l olishdi. Jamoamiz bugundan  boshlab  mashg'ulotlarini o'z maydonida o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcmashal.uz