"Mashal" fransiyalik futbolchi bilan kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2018, 18:24
Mubo rakning "Mashal" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "gazchilar" fransiyalik Emmanuel Mbella hamda chernogoriyalik Goran Vuyovich bilan og'zaki kelishuvga erishishgan. Ikkala futbolchi ham Farg'ona viloyati hokimi kubogida "Mashal" safida o'ynaydi. Agar ularning harakatlari murabbiylarga maqul kelsa shartnoma imzolanadi.

Farg'ona viloyati hokimi kubogi 28 yanvardan 10 fevral kuniga qadar davom etadi.

Emmanuel Mbella 1992 yil Kamerunda tug'ilgan yarim himoyachi.  Fransiya fuqarosi hisoblanadi. Faoliyati davomida Ruminiya, Germaniya (quyi divizion), Albaniya va Makedoniya klublarida o'ynagan. 2011 yildan buyon 118ta o'yinda 11ta gol urgan.



Goran Vuyovich 1987 yil Chernogoriyada tug'ilgan hujumchi. Chernogoriya terma jamoasi safida 1ta o'yin o'tkazgan. Faoliyati davomida Serbiya, Vengriya, Chernogoriya, Rossiya, Albaniya klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia