

Bosh murabbiy postida hozircha Asror Aliqulov faoliyatini davom ettiradi. Lekin yaqin orada murabbiylar shtabida yevropalik mutaxassis ish boshlash arafasida. Aniqrog'i keyingi haftada “Mashal”ga ispaniyalik murabbiy kelishi kutilmoqda.
Tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilinmaydi. Asosan o'tgan yilgi futbolchilar va boshqa klublardan ayrim o'yinchilar yig'inga taklif etilgan. Bu borada yig'in boshlangach, yana xabar beramiz.




